TELEVIDENIE KO‘RSATUVLARIDA TAQDIM ETILADIGAN REKLAMALARDA QUYIDAGI TAQIQLAR BELGILANGAN:
– Reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib qo‘yish;
-reklama va reklama haqidagi anons, shu jumladan teledastur anonsi tovushining balandligi darajasini reklama va reklama haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan teledastur va teleko‘rsatuv tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash;
-teleko‘rsatuvlar namoyish qilinayotganda reklama maqsadlarida harakatlanuvchi satrdan foydalanish, bundan reklama bloki vaqtida foydalanish mustasno;
-teleko‘rsatuvlarga videoplashkalarni (teleko‘rsatuv namoyishi vaqtida ko‘rinib qoladigan tijorat axborotini) joylashtirish, bundan reklamaning o‘zini, shuningdek reklama huquqi asosida efirga chiqariladigan ko‘rsatuvni namoyish etish vaqti mustasno. Bunda videoplashka o‘lchami ekran sathining o‘n foizidan oshmasligi va uning pastki qismida gorizontal holatda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining talablari:
-Tegishli telekanalda namoyish qilinayotgan teleko‘rsatuvlar to‘g‘risidagi teledasturlarda joylashtiriladigan axborotga;
-teledasturning logotipiga va mazkur teledastur haqidagi axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Chet el telekanallari retranslyatsiya qilinayotganda tarqatiladigan reklama axborotining ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bunday kanallarning dasturlari reklamadan foydalanuvchilarga reklama axborotisiz taqdim etiladi.
RADIODAGI ESHITTIRIShLARDA BERILADIGAN REKLAMALARDA QUYIDAGI TAQIQLAR BELGILANGAN:
– Reklama joylashtirish maqsadida davlat tadbirlari va marosimlarining namoyishini uzib qo‘yish;
-reklama va uning anonsi, shu jumladan radioeshittirishlar haqidagi anons tovushining balandligi darajasini reklama
va radioeshittirishlar reklamasi haqidagi anons bilan uzib qo‘yilgan eshittirish tovushiga nisbatan balandroq qilib belgilash.
Chet el radiokanallari retranslyatsiya qilinayotganda tarqatiladigan reklama axborotining ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bunday kanallarning dasturlari reklamadan foydalanuvchilarga reklama axborotisiz taqdim etiladi.
MA’LUMOT UChUN. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning https://lex.uz/ru/docs/6052631 27-28-moddalari.
44,846