Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/6460101430683810/ “Mandarin Tour” sayyohlik kompaniyasi tomonidan mijozga shartnomada ko‘rsatilgan xizmat ko‘rsatilmagani haqida iste’molchi tomonidan shikoyat qoldirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni bildiradi:
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasiga asosan shartnoma — tovarni olish-sotishni amalga oshirishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda sifat, miqdor, muddat, narx va boshqa shartlar to‘g‘risida iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘rtasidagi og‘zaki yoki yozma kelishuv hisoblanadi.
“Mandarin Tour” MChJ tomonidan iste’molchining huquqlari buzilishi holati ixtiyoriy bartaraf etilib, 1 mln 760 ming so‘m miqdordagi pul mablag‘lari qaytarildi.
Ma’lumot o‘rnida. Qonunning 4-moddasiga muvofiq, iste’molchi tovar (ish, xizmat) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olishi, uning tegishli darajada sifatli bo‘lishini, tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishini va hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsiz bo‘lishini talab qilish, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi talab qilish huquqiga ega.
4,953