Ijtimoiy tarmoqlarda “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar uchun pul mablag‘lari qaytarilmagani va chiptalarni xarid qilishda iste’molchilar huquqlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lumot joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo‘mita tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga yuborilgan so‘rov xatiga javoban 2023 yil 7 yanvar kuchli shamol (fors-major) tufayli “Amirsoy Ekspress” kanat yo‘li avtomatik ravishda to‘xtab, elektr ta’minotidan uzilib qolgani javobda bildirilgan.
Оrtga kanatda qaytish imkoni bo‘lmagan mehmonlar oromgohning Granport servisi tomonidan tezkorlik bilan tashkil etilgan yengil avtomobil va mikroavtobuslarda xavfsiz tarzda pastki to‘xtash joyiga yetkazilgan. Ba’zi dam oluvchilar transportni kutishni istamagan holda taksi yoki o‘tayotgan mashinalar xizmatidan foydalangan holda o‘zlari pastki manzilga yetib olganlar.
Ta’kidlash kerakki, dam oluvchilar shu kuni maskan kassasi orqali sayohatning foydalanilmagan bir qismi uchun pullarini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Korxona tomonidan xizmatlardan to‘liq foydalana olmagan iste’molchilarga pullari muntazam ravishda qaytarib berib borilayotganligi ham korxona tomonidan ma’lum qilingan.
4,203