Kontrafakt o‘zi nima?
Kontrafakt mahsulot – bu intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlar.
Soxta mahsulotning iste’molchi uchun xavfliligi nimada?
Ko‘pincha ichki iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo, kosmetika hamdaa dori-darmon kabi mahsulotlarga oson taqlid qilingan holda qalbakilashtiriladi va undan nusxalar olinadi. Insofsiz ishlab chiqaruvchilar qalbaki mahsulot bilan asl mahsulot nus’halari o‘rtasidagi (ko‘pincha mashhur brendlardan ko‘chiriladi) farqni sezmaydigan darajada xaridorlarning hayolida asl mahsulotni ong osti tasavvurini yaratadi va bu orqali ularni chalg‘itishga harakat qiladilar. Har doim ham asl va qalbakilari o‘rtasidasigi farq unchalik bilinmaydi. Iste’molchilar esa e’tiborsizlik oqibatida o‘rtadagi farqni sezmaydilar va ularni soxta mahsulotlarning arzon narxlari o‘ziga jalb qiladi. Qalbaki mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish nafaqat asl ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulk huquqlarini buzadi, balki iste’molchilarning hayoti va sog‘ligiga tahdid soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iIste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati tomonidan iste’molchilarning bu sohadagi bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan materiallar tizimli ravishda e’lon qilib borilmoqda.
38,874