Dori vositalari narxlarining nazorati bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi 411-sonli qarori ijrosi boʻyicha joriy yil 1-maydan yangi tartib kuchga kirdi. Ushbu yangi tartibni har tomonlama sifatli nazoratini taʼminlash maqsadida Qoʻmitaning 14 ta hududiy boshqarmalaridan 1 nafardan xodim mazkur tizimga biriktirilib, “FAIR TECH” yagona axborot tizimidan kelgan…

Yo‘qolgan pochta jo‘natmasi uchun zararni kim qoplaydi?

Bugungi kunda hujjatlar va yuklarni manzilga yetkazishda pochta va kuryerlik xizmatlari aholiga qulaylik yaratmoqda. Mazkur xizmatlar orqali xat-xabarlar, posilkalar, banderollar, paketlar yuboriladi va qabul qilinadi. Ammo ba’zida jo‘natmalar o‘z egalariga vaqtida yetib bormaydi, hatto adashib yoki yo‘qolib ketadigan holatlari ham uchrab turadi. Bu iste’molchiga qancha tashvish keltirishini ko‘z oldimizga keltirsak: yo‘l-yo‘lakay hujjatlar, xatlar, jo‘natmalarning yo‘qolishi…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Otabek Artikov kanalida 2023-yil 18-aprel kuni “Bolajon” telekanalida joylashtirilgan reklamalarga oid e’tiroz (https://t.me/Otabek/8387) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan, reklamada voyaga yetmaganlarning iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste’mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish, shuningdek voyaga yetmaganlar olishi yoki…

Texnik nosoz avtomashina yangisiga almashtirib berilishi ta’minlandi

Namangan viloyatida yashovchi fuqaro E.Y. “Chust Avtotexxizmat-N” MCHJ dan 2022-yil 23-fevral kuni “Chevrolet Equinox” rusumli avtomobilni 3 yil kafolati bilan shartnomaga asosan sotib olgan. Oradan 1 yil vaqt oʻtmay mashinaning motor qismi nosoz holga kelgan. Joriy yil 14-yanvar kuni isteʼmolchi oʻz avtomashinasini Chust tumanida joylashgan Chevrolet servisga koʻrikdan oʻtkazishga topshirgan. Avtomobilga kafolat muddati davomida sifatli…

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 11-aprel kuni ijtimoiy tarmoqda (Potrebitel.Uz | Facebook) “Darvoza savdo” MChJga tegishli do‘kondan xarid qilingan “Фруто НЯНЯ” nomli mahsulot narxnomasidagi narx kassadagi narxlar bilan nomutanosib ekanligidan norozi bo‘lib, iste’molchi murojaatini qoldirgan. Mazkur murojaat yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Darvoza savdo” MChJni jalb etgan holda o‘rganishlar olib bordi. Jamiyat…

BFQ (BAD) reklamasiга qanday talablar qo‘yilgan?

Reklamalar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Ulardan tovarlar xarid qilishda, ish va xizmatlarga buyurtma berishda foydalanamiz.Yangi tahrirda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mohiyatan demokratik tamoyillarga asoslangan, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilishni nazarda tutadi hamda reklama beruvchilar va reklama bozorining professional ishtirokchilari faoliyati uchun eng yaxshi sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Qonunning…

Rasmiy munosabat

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi https://t.me/contextuz kanalida bloger Bobur Mansurov tomonidan sahnalashtirilgan “Flovell” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan nam salfetkalarini reklama lavhasi yuzasidan 2023-yil 8-aprel kuni bildirilgan e’tirozlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, reklamada – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy…

Onlayn savdogarlarga ishonsa boladimi?

ONLAYN SAVDOGARLARGA ISHONSA BO‘LADIMI? Hozirgi kunda elektron tijorat sohasida kelib tushgan murojaatlarda asosan tovarlarning kafolat muddati buzilishi, servis xizmatlarini ko‘rsatishdagi, ya’ni bepul ta’mirlashdagi muammolar, xarid qilingan tovarlarni almashtirib bermaslik, sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri ma’lumot berilishi bo‘yicha e’tirozlar uchramoqda. Shuningdek, xarid qilingan mahsulot yoki tovar xossalarining tushuntirilmagani oqibatida foydalanishda noqulayliklar kuzatilayotgani, sotuvchi tomonidan kafolat berilgan bo‘lsa-da, tovar…

Moddiy madaniy meros obyektlarida reklama joylashtirilishi mumkinmi?

Yurtimizning tarixi boy, tabiati go‘zal, xalqi mehmondo‘st. Asosiysi, o‘tgan asrlarda bunyod etilgan arxeologiya va monumental san’at yodgorliklari, masjid va madrasalar, tarixiy qarorgohlar, uy muzeylari, ziyoratgohlar, madaniyat binolari, tarixiy inshootlar, teatr va fotosurat uylari kabi noyob, qadimiy osori-atiqalar, moddiy va madaniy meroslar xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shu sababli, o‘tgan asrlarga tegishli bo‘lgan milliy boyligimiz va…

Nuqsonli kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirildi

Iste’molchi M.Q. Yakkabog‘ tumanida faoliyat yuritayotgan “Idea” savdo do‘konidan 2 mln 760 ming so‘mga kir yuvish mashinasi sotib olgan, ammo  undan foydalanish jarayonida qisqa muddatda o‘zidan shovqin chiqarib ishlay boshlagan. Shundan so‘ng  servis xizmati markazi tomonidan tovar ta’mirlab berilgan. Lekin bu hol yana takrorlanavergan. Do‘kon sotuvchisi esa iste’molchining e’tirozini rad etib, sifatsiz mashinani almashtirib bermagan.…