Choy mahsulotini xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Sifatsiz choylar inson salomatligiga ziyon yetkazadi
Ishlab chiqarilishida texnik jihatdan me’yoriy hujjatlarga nomuvofiq tayyorlansa:
- xushbo‘yligi va lazzatliligini yo‘qotadi;
- ta’mi achchiq va nordon holga keladi;
- me’yorda quritib tayyorlanmasa yot hidlarga ega bo‘ladi;
- namlikda saqlansa mog‘orlab, zaharli moddaga aylanadi;
- choyning qadog‘iga shikast yetsa uning tarkibiga putur yetadi;
- yaroqlilik muddati o‘tgach choyning foydali xususiyatlari yo‘qoladi;
- sifatsiz choylar inson organizmi — suyaklar, og‘iz bo‘shlig‘i, milklarga ziyon yetkazadi.
Ularning paketli, granulali, turli mevali, giyohli va yirik bargli navlari bor. Ko‘k, qora, sariq va oq turdagi choylar mavjud bo‘lib, ular yog‘och, qog‘oz, metall idishlarga qadoqlangan holda bo‘ladi.Bundan tashqari, vaznlab sotiladigan choylar ham bor.
Tanlash usullari
- choy mahsuloti quruq va ozoda joyda saqlanishi;
- noxush hidni tez olish spesifik xususiyatiga egaligi uchun peshtahtada alohida joylashgan bo‘lishi;
- qadog‘idagi yozuvlar oson o‘qiladigan bo‘lishi;
Mahsulot haqida quyidagi batafsil ma’lumot bo‘lishi kerak:
-mahsulotning nomi;
-ishlab chiqaruvchi nomi,
-qaysi davlatga tegishliligi;
-manzili, aloqa telefon raqamlari;
-ishlab chiqarilgan sana;
-yaroqlilik muddati; - saqlanish me’yorlari;
- vazni;
- sorti;
mahsulot narxi
ESLATMA: Standart talablariga javob beruvchi choylar sifatli hisoblanadi va insonlarga yaxshi kayfiyat va kuch-quvvat bag‘ishlaydi.
12,309