Ijtimoiy tarmoqda https://www.facebook.com/groups/214292470235509/posts/729065552091529/ орқали dorixonadan sotib olingan dori narxi boshqa dorixonalardan qimmat ekanligi ya’ni 435 ming so‘m ekanligiga e’tiroz bildirib fuqaro post qoldirgan.
Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni bildiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktyabrdagi 2647-PQ-son qaroriga muvofiq chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni еtkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.
“АКУРОУЗ Раствор для инъекций 20 мг/мл 5мл ампулы №5(5×1)” dori vositasining eng yuqori chakana narxi 535 626.17 so‘m etib belgilangan.
Mazkur holatda, dori vositasining narxi to‘g‘ri shakllanganligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun. https://uzpharmagency.uz/uz/menu/referentnye-tseny rasmiy saytida vositalarining chakana ulgurji narxi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
18,078