Ijtimoiy tarmoqda https://www.facebook.com/groups/myunusabad/posts/1395790247898901/ “Magazin «Xavas» 4 kvartal, srogini bekitgani bilan, aybini yashirsang isitmasi oshkor qiladi” mazmunida iste’molchining posti qoldirilgan.
Aslida e’tiroz bildirilgan vakuumlangan pishloq mahsuloti qadog‘ini ko‘zdan kechirsangiz tovarning yaroqlilik muddati va saqlash shartlari kabi ma’lumotlar bor, shuningdek mahsulotning sifat sertifikati ham mavjud. Ammo, shunga qaramay mahsulot iste’molga yaroqsiz holatga kelgani achinarlidir. Axir bunday mahsulotlar insonlar sog‘ligiga ziyon yetkazishi mumkin-ku?
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaatchini e’tirozini “NAVAS FOOD” mas’uliyati cheklangan jamiyatini jalb etgan holda o‘rganib chiqildi.
Jamiyat sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona “PUREMILKY WORKS” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan o‘zaro shartnoma tuzgani va unga asosan sut hamda sut mahsulotlarini savdo shoxobchasiga keltirib berilayotgani haqida ma’lumot bergan. Vakuumlangan pishloq mahsulotining yaroqlilik muddati saqlash sharoitlariga amal qilgan holatda 90 kun etib belgilangan. Yetkazib beruvchi MChJ esa uni ishlab chiqarilgandan so‘ng 3 kun ichida savdo shoxobchasiga topshirgan.
Mazkur holatni ijobiy bartaraf etish maqsadida “NAVAS FOOD” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasi va “PUREMILKY WORKS” MCHJning yetkazib beruvchi mas’ul xodimlari o‘rtasida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganish natijalari yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganligi, pishloq mahsulotini vakuumlash jarayoni to‘liq amalga oshirilmaganligi sabab pishloq 90 kunga ham yetmay, qisqa fursatda iste’molga yaroqsiz holga kelganini ko‘rsatdi.
Ishlab chiqaruvchi kamchiliklarni bartaraf etdi, natijada “NAVAS FOOD” MCHJning barcha do‘konlari rastalaridan mazkur turdagi tovar to‘liq olib tashlanishiga erishildi.
(Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 178-moddasi, 8-qismiga ko‘ra, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Biroq, MJTKning 271-moddasi, 11-qsimiga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlik holati ixtiyoriy bartaraf etilganligi sababli nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub’ektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilangan.
40,025