Urganch shahar Ma’rifatchilar mahallasida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joylardan farzandlari uchun 2ta xonadon sotib olish uchun R.M. quruvchi tashkilotga borib shartnoma tuzdi. 2021 yil 2 fevralda tuzilgan mazkur shartnomaga asosan bir va ikki xonali uylar shartnomada ko‘rsatilganidek, 1 oydan 3 oygacha cho‘zilishi mumkinligi haqida ham unga ma’lumot berib o‘tildi.
Iste’molchi tarafdan shartnoma shartlari to‘liq bajarildi, ya’ni tegishli hujjatlar taqdim etildi, ulush kiritish orqali oldindan boshlang‘ich to‘lovi amalga oshirildi va to‘lov jadvali asosida bosqichma- bosqich uy pullari to‘lana boshlandi.
Ammo uyni foydalanishga topshirish belgilangan vaqtdan yana kechiktirildi. Quruvchi tashkilotning bir oyda, yarim oyda bitadi, yana ozgina qoldi degan bahonalarining keti uzilmadi. Yangi uyini kutaverib, quruvchi tashkilotga yuguraverib iste’molchi charchadi. Xonadon uchun to‘langan pul mablag‘lari qaytarilishini so‘rab, tashkilotga qilgan murojaatlari natija bermadi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga kelib tushgan fuqaro R.M.ning murojaati Qo‘mitaning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar jarayonida shikoyat o‘rinli ekanligi, ya’ni “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, 1,3 va 6-qismlari hamda 21-moddasi 1 va 3-qism talablarini buzilganligi ma’lum bo‘ldi. Hududiy boshqarma “Quruvchi tashkilot”ga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atib, tegishli ko‘rsatma berdi. Shundan so‘nggina amalga oshirilgan 200 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari iste’molchiga to‘liq qaytarib berilishiga erishildi.
233,113