соҳага доир янгиликлар

Rasmiy munosabat

 Kun.uz (onlayn nashr) orqali “Tizim yaxshi ishlamasligi oqibatida qimmatchiga chiqyapmiz — dorixonachilar Raqobat qo‘mitasidan norozi” mavzuida (https://kun.uz/news/2023/05/22/tizim-yaxshi-ishlamasligi-oqibatida-qimmatchiga-chiqyapmiz-dorixonachilar-raqobat-qomitasidan-norozi) yoritilgan material yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–411-sonli qaroriga muvofiq, 2023–yil 1–maydan…

Iste’molchi nega shartnomadan voz kechdi?

Urganch shahar Ma’rifatchilar mahallasida qurilishi rejalashtirilgan  ko‘p qavatli turar joylardan farzandlari uchun  2ta xonadon sotib olish uchun R.M. quruvchi tashkilotga borib shartnoma tuzdi.  2021 yil 2 fevralda tuzilgan mazkur shartnomaga asosan bir va ikki xonali uylar shartnomada ko‘rsatilganidek, 1 oydan 3 oygacha cho‘zilishi mumkinligi haqida ham unga ma’lumot berib o‘tildi. Iste’molchi tarafdan  shartnoma shartlari to‘liq…

Rasmiy munosabat

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi https://t.me/SukutSaqlama kanalida “Bellissimo Pizza” faoliyatiga oid reklama lavhasi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, reklamada – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan iste’molchilarga asossiz qarzdorliklar hisoblanganligi, “Veolia Energy Tashkent” MChJ va “Toshissiqquvvati” DUKlar yuqoridagi holatlar bo‘yicha sansalorlikka solayotganligi yuzasidan bildirilgan ma’lumotlar bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 594-son qaroriga asosan “Toshkent shahri issiqlik ta’minoti…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Nodirbek Ischanovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2023-yil 18-may kuni biologik faol qo‘shimchalarning reklamasiga oid e’tirozlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur axborotda, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan aksariyat biologik faol qo‘shimchalarning reklamasi boʻrttiruvchi va chalgʻituvchi iboralardan iboratligi, shuningdek, iste’molchilarda ushbu mahsulotlar dorivor va davolash xossalarga ega, degan taassurot uyg‘otishi…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Nodirbek Ischanovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2023-yil 6-may kuni “Natural Effect” mahsulotining reklamasiga oid e’tirozi yuzasidan, quyidagilarni ma’lum qiladi. Xususan, ushbu reklamada “Natural Effect” mahsuloti taniqli shifokor tomonidan tavsiya qilinganligi haqida axborot berilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda bu borada salbiy fikrlar bildirilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining…

Avtomashina ikki marotaba yangisiga almashtirib berildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro A.B. 2022-yilda “Surxon-Avtosavdo” MChJ dan shartnoma asosida “Cobalt” GX-OPTIMA AT rusumli mashina xarid qilgan. Xarid qilgan avtomobilining kuzov boʻyoq qismida nuqsoni mavjudligidan norozi boʻlib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga avtomobilni boshqa yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Hududiy boshqarma tomonidan…

Dori vositalari narxlarining nazorati bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi 411-sonli qarori ijrosi boʻyicha joriy yil 1-maydan yangi tartib kuchga kirdi. Ushbu yangi tartibni har tomonlama sifatli nazoratini taʼminlash maqsadida Qoʻmitaning 14 ta hududiy boshqarmalaridan 1 nafardan xodim mazkur tizimga biriktirilib, “FAIR TECH” yagona axborot tizimidan kelgan…

Iste’molchilar ayrim xizmatlar uchun vositachilik to‘lovidan ozod etilmoqda

Sir emaski, shu kungacha isteʼmolchilar ayrim tovar (xizmatlar) uchun banklar va to‘lov tizimlari (to‘lov tashkilotlari) orqali to‘lovni amalga oshirganda qo‘shimcha haq undirib kelingan. Misol uchun, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, sog‘liqni saqlash muassasalariga to‘lovlar, majburiy ijro uchun to‘lovlar, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar hamda ID-kartasi yoki xorijga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun isteʼmolchidan qo‘shimcha…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi kun.uz telegram kanalida 2023 yil 19 aprel kuni e’lon qilingan ayrim mahsulotlar reklamasiga bag‘ishlangan maqola yuzasidani quyidagilarni ma’lum qiladi (https://kun.uz/52020106). O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga muvofiq, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalarning va oziq-ovqat qo‘shimchalarining reklamasiga nisbatan qat’iy talablar belgilangan. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida ommaviy…