Bu yozuvlar savdo qoidalariga zid bo‘lib, uni asosan kiyim-kechak do‘konlarida uchratish mumkin. Aytaylik, o‘zingiz uchun ko‘ylak sotib oldingiz. Uni uyda qayta kiyib ko‘rilganida sifatsizligidan matosi ham, tikilishi ham narxiga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ladi.Yoki sotuvchi tomonidan «yuvib-yuvib kiyasiz, hech narsa qilmaydi, bu falon firmaniki… » deb qo‘lingizga tutqazgan qimmatbaho ust-bosh ham bir yuvilganda rangi chiqib, choklari so‘kilib, kirishib ketib, yaroqsiz holga kelib qolsa-chi?..
Ammo do‘kondagi yozuv darhol esingizga tushib bu ko‘ylakni nima qilishingizni bilmay qolasiz…
Aslida bunday holatda pulingizga ham kuyib qolmaysiz, iste’molchilik huquqingiz ham buzilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori Chakana savdo qoidalarida belgilanganidek, zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxatiga kiyim-kechaklar kirmaydi. Uni mavjud tartib-qoidalar asosida belgilangan muddatda sifatlisiga almashtirib olish huquqiga egasiz.
12,800